2 122
Buxoroda 3,3 mlrd. so‘mlik soliqlar tadbirkorlik sub’ektlarining ixtiyorida qoladi
Buxoroda davlat soliq organlari xodimlari tomonidan hududdagi biznes vakillari bilan ishonchli hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Ayniqsa, karantin davrida iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlariga hukumatimiz tomonidan berilgan yengilliklar va soliq imtiyozlaridan samarali foydalanishlarida yaqindan yordam berilmoqda.
Birgina misol. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (PF-5969-sonli) Farmoniga asosan, Buxoro viloyatidagi 150 dan ortiq korxonalarga jami 3 milliard so‘mdan ortiq, ya’ni 957 million so‘mlik mol-mulk solig‘i, 2 milliard 22 million so‘mlik yer solig‘i hamda 36 million so‘mlik suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) bo‘yicha imtiyoz qo‘llanilgan.
- Kogon shahridagi “Propan-Oil-Plys” mas’uliyati cheklangan jamiyati karantin davrida avtotransport vositalari harakatiga o‘rnatilgan cheklovlar tufayli iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgandi, - deydi Kogon shahar DSI boshlig‘i o‘rinbosari Komila Ahmadova. - Bunday vaziyatda Kogon shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan korxonaga huquqiy tushuntirishlar berildi. Natijada korxona murojaatiga asosan uning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash bo‘yicha majburiyati foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirildi.
- Bizning korxonamiz ham pandemiya ta’siriga tushganligi sababli jami 22,7 million so‘mlik mol-mulk, yer hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatimiz foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirildi, - deydi “Buxoro Parranda” AJ korxonasi hisobchisi Ortiq Muqimov. – To‘g‘risini, tan olib aytish kerak hozirgi qiyinchilik davrda biz ana shunday ko‘makka muhtoj edik. Albatta biz ushbu imtiyozli davrdan unumli foydalanib ishlab chiqarish hajmini yanada oshirishga harakat qilamiz.
Kogon shahridagi transpot xizmati ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan “Progres-Mega-Trans” korxonasida karantindan oldin 80 dan ortiq, Kogon tumanida faoliyat olib borayotgan “SherzodAvtotrans” transport korxonasida ham 2 oy ilgari 21 nafar ishchi faoliyat yuritgan. Biroq pandemiya ta’siri tufayli ayni kunda ushbu korxonalarda bor-yo‘g‘i 3 nafardan ishchi ishlab turibdi xolos. Yashirishning keragi yo‘q, bunday vaziyatda korxona mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashga ham qiynalib turgandi.
E’tiborlisi, joriy yilning 18 may kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ushbu korxonalar 2020 yil 1 iyundan 1 sentabrgacha mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilindi.
O‘rni kelganda aytish lozimki, mazkur imtiyozni qo‘llash natijasida viloyatdagi 1 949 ta tadbirkorlik sub’ekti ixtiyorida 3,3 milliard so‘mlik mablag‘ qoladi.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi