Xitoyning Lanchjou shahridan 25 ta 40 futli konteynerlarda eksport yuki ortilgan poyezd Lanchjou—Qashg‘ar—Irkeshtom—O‘sh—Andijon—Toshkent—Mari yo‘nalishida 5 iyun, juma kuni multimodal tranzit tashuvni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, mazkur yo‘nalish bo‘ylab multimodal yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy avtomobil koridori imkoniyatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasidir.
«Lanchjou—Qashg‘ar—Irkeshtom—O‘sh—Andijon—Toshkent—Mari» yo‘nalishi bo‘ylab ilk multimodal tranzit yuk tashuvi 2020 yilning may oyida amalga oshirilgan. Yo‘nalish bo‘ylab yuk tashuvi «temir yo‘l transporti — avtomobil transporti — temir yo‘l transporti» sxemasida tashkil etilgan.
«Ilk jarayonning o‘ziyoq O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy avtomobil koridori imkoniyatlari nihoyatda katta ekanligini namoyish etdi.
Boshqa davlatlar yuklarini jalb qilgan holda bu kabi multimodal tashuvlarni tashkil etish bir nechta davlatlarning xalqaro transport va savdo tizimlariga, muvaffaqiyatli integratsiyasiga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”