1 987
«Bugungi kunda iqtisodiyot sohasida birorta ham yopiq ma’lumot qolmadi» – Jamshid Qo‘chqorov
Bugun, 13 iyun kuni «Munozara klubi»ning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘z chiqishida 3-4 yil avval tashqi qarz miqdori, budjet xarajatlari maxfiy ma’lumot hisoblangani, bugungi kunda iqtisodiyot sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida yopiq ma’lumot qolmaganini ta’kidladi.
«Bugun ko‘pchilikni qiziqtirayotgan davlat qarzi masalasida fikr almashamiz. Oxirgi ikki yildan buyon davlat qarzi, ayniqsa, tashqi qarz statistikasi va tahlili doimiy ravishda Moliya vazirligi tomonidan, o‘z navbatida, nodavlat sektor tashqi qarzi esa Markaziy bank tomonidan muntazam e’lon qilinib kelyapti.
Bu tabiiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda, umuman, o‘zaro suhbatlarda ko‘plab fikr almashuvlarga, munozaralarga ham sabab bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, bundan bor-yo‘g‘i 3-4 yil avval tashqi qarz qanchaligi maxfiy ma’lumot hisoblanardi. Mana, Abdulla aka Abduqodirov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlaganlar, so‘zlarimni tasdiqlaydilar.
Tashqi qarzni qo‘ya turaylik, oddiygina budjet xarajatlari ham yopiq edi. Budjet siyosati haqidagi ko‘plab dissertatsiyalar ham hech qanday budjet raqamlari, statistikalarsiz himoya qilinganiga guvohman. Bundan bor-yo‘g‘i 3-4 yil avvalgi gaplarni gapiryapman. 50 yo 60 yil avvalgi gapni gapirmayapman.
Hayotimiz shunchalik shiddat bilan o‘zgarib ketdiki, bu raqamlar avval maxfiy bo‘lganini, ularni aytish mumkin bo‘lmaganini, bitta tashkilot ikkinchi tashkilotga shu raqamni berishi uchun bosh vazirning tegishli o‘rinbosaridan ruxsat olinardi. Ruxsatni olguncha ham odam qon bo‘lib ketardi. Olimlar haqida gapirmayapman, bir davlat tashkiloti ikkinchi davlat tashkiloti bilan ma’lumot almashishi shu darajada qiyin bo‘lgan.
Lekin bugun hammamiz shunday imkoniyatga ega bo‘ldikki, bugungi kunda iqtisodiyot sohasida, ijtimoiy rivojlanish sohasida, menimcha, birorta ham yopiq ma’lumot qolmadi.
Bugungi munozaramizda ishtirok etayotgan mahalliy yoki xalqaro ekspertlarning yozganlarini doim o‘qib boraman. Bu kabi fikrlashuv bir-birimizni boyitadi. Kim o‘zining uyasida bekinib olsa, bu yaxshilikka olib kelmasligini o‘zimiz ham ko‘rdik», deydi Jamshid Qo‘chqorov.
Eslatib o‘tamiz, «Munozara klubi» hukumat iqtisodiy bloki tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u masalalar yuzasidan fikr almashish, jamoatchilikni kelgusi rejalardan xabardor qilishning yangi platformasi sifatida taklif etilgan.
Klubning birinchi muhokamasida iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov, markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov, deputatlar, ekspertlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining vakillari, jurnalistlar qatnashyapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi