16:35 / 13.07.2020
2 116

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida soliq va investitsiyaga oid 2ta shartnoma kuchga kirdi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida soliq va investitsiyaga oid 2ta shartnoma kuchga kirdi
2017 yil 25 oktabrda – prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davomida imzolangan 2ta hujjat 2020 yil 9 iyuldan e’tiboran kuchga kirdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 9 iyuldan quyidagi ikkita xalqaro shartnoma amal qila boshlagan:

· 1996 yil 8 maydagi Daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Turkiya hukumatlararo Bitimiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma;
· Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim.

Soliqqa oid dastlabki hujjatga binoan, ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida axborot almashishning yangilangan tartibi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, 1996 yildagi Bitim soliqlarni undirishda ko‘maklashishga oid yangi norma bilan to‘ldirilmoqda.

«Tuzatishlar soliq shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu ikki mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish va Bitim qoidalarini ikki mamlakatning amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiqlashtirish zaruriyati bilan belgilanadi
», – deyiladi TIV axborotida.

Investitsiya sohasidagi bitimga asosan, O‘zbekiston va Turkiya investorlari tomonidan amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi qo‘llaniladi.

«Bitim investorlar huquqlarini himoyalash, sarmoya va texnologiyalarning kirib kelishini qulaylashtirish, pul o‘tkazmalarining erkin bajarilishi huquqiy asoslarini belgilagan.

Hujjat 1992 yil 28 aprelda imzolangan avvalgi hukumatlararo Bitimni almashtiradi hamda zamonaviy voqelikni inobatga olgan holda investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan.

Bitim ikki davlat iqtisodiyotiga o‘zaro investitsiyalar oqimi uchun mustahkam asos yaratadi, shuningdek, salohiyatli xorijiy investorlar uchun har ikki mamlakatning investitsion jozibadorligini oshiradi
», – deb ma’lum qilingan O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi tomonidan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida soliq va investitsiyaga oid 2ta shartnoma kuchga kirdi