24 iyul kuni oltinning narxi troy unsiyasiga (31,1 gramm) 1900 dollardan oshdi. Bu 2011 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Nyu-York tovar birjasi bo‘limi hisoblanadigan Comex birjasidagi savdolar natijasida qimmatbaho metallning narxi o‘tgan sessiyaga nisbatan 0,6 foiz o‘sib, troy unsiyasiga 1902 dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq tahlilchilar koronavirus pandemiyasi tufayli oltinning narxi 1900 dollarga yetishi mumkinligini taxmin qilishgan edi. Ularning fikriga ko‘ra, infeksiya nazorat ostiga olinmasa, dunyo iqtisodiyotining o‘sishi keskin pasaysa, qimmatbaho metallning narxi yanada oshadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida oltinning narxi 1700 dollardan oshib, 2012 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan edi. Iyul oyida esa uning qiymati 100 dollarga qimmatladi va troy unsiyasiga 1810 dollarni tashkil qildi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, oltin ishonchli aktiv sifatida koronavirusning ikkinchi to‘lqini oldidagi qo‘rquv ta’sirida qimmatlab ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi