09:30 / 28.07.2020
2 250

Toshkent shahrida «Insofli soliq to‘lovchi» tizimi namuna sifatida joriy etiladi

Toshkent shahrida «Insofli soliq to‘lovchi» tizimi namuna sifatida joriy etiladi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 iyul kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda Soliq islohotlarini izchil davom ettirib, yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasi qo‘yildi. “Insofli soliq to‘lovchi” tizimini shakllantirib, shu yil yakuniga qadar Toshkent shahrida namuna sifatida amalga oshirishga ko‘rsatma berildi.

Davlat xaridlari va investitsqiya loyihalarida korrupsiyaga chek qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Moliya vazirligiga bu borada shaffoflikni ta’minlash, jamoat nazorati va raqobatni kuchaytirish maqsadida Davlat xaridlari axborot portalini ishga tushirish topshirildi.

Endilikda har bir investitsiya loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yildan boshlab ushbu tizim markazlashgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan barcha loyihalarga tatbiq etiladi.

Davlat organlarida ham yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimi joriy etilmoqda. Xususan, Qurilish, Sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarida, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlarida bu borada ishlar boshlangan. Yil yakunigacha yana 14 ta tashkilotda va davlat ulushiga ega 10 ta bankda ushbu tizimni joriy etish vazifasi qo‘yildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkent shahrida «Insofli soliq to‘lovchi» tizimi namuna sifatida joriy etiladi