Senatning 7-yalpi majlisida «Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma’qullandi.
Mazkur hujjat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Yer kodeksi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Yaylovlar to‘g‘risida»gi, «O‘rmon to‘g‘risida»gi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.
Senator Bahodir Tojiyev qonun bilan belgilanayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.
«Hujjatda investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi yerlar va o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda.
Shuningdek, qonunda yerni ijaraga berish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinsa, ijarachi shartnomada nazarda tutilgan muddat yakuniga qadar yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan», dedi senator. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi