2 296
O‘zbekistonga 2021 yilda 7,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda yil yakuni bo‘yicha jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi avvalgi yildagiga nisbatan oshib, 6,6 milliard dollarga yetishi va eksport ko‘rsatkichi 15,1 milliard dollar miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Spot’ning yozishicha, bu ma’lumotlar Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
Dunyoda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdorining 40 foizga pasayishi va 2020 yilda jahon savdosi hajmining 25 foizga kamayganiga qaramay, mamlakatda yirik investitsiya loyihalar ishga tushirilgan.
«Kelgusi yilda 7,5 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini 17 milliard dollarga yetkazish rejalashtirmoqda. Bunda ustuvor soha eng yuqori iqtisodiy samaraga ega bo‘lgan iqtisodiyot sohasi bo‘ladi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Buning uchun milliy eksportchilar bilan ishlashda quyidagi yo‘nalish kuchaytiriladi:
- eksportdan oldin moliyalashtirish;
- mahalliy tovarlarni xalqaro elektron tijorat saytlarida joylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
- o‘zbek brendlarini jahon bozorlariga olib chiqish.
Eslatib o‘tamiz, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar–iyun oylarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 milliard dollarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar – 3,2 milliard dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 1,6 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi