Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqida ma’lumot berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma’lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgani e’tirof etilgandi.
Qo‘mita axborotnomasida ta’kidlanishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,6 foizni tashkil etgan.
2020 yilning iyun va iyul oylarida iste’mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur’ati faqat sentabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan.
Inflyatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflyatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan (nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentabr oyida 1 foiz inflyatsiyaga erishgandi).
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, bosh regulyatorning 2021 yildagi asosiy maqsadi inflyatsion targetlash siyosatini davom ettirish hamda inflyatsiya ko‘rsatkichini 10 foizdan oshirmaslikdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi