Bugun AOKAda «O‘ztransgaz» AJ matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova ishtirokida brifing o‘tkazildi. «O‘ztransgaz» AJ tabiiy gazni eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi tashkilotlardan olib, magistral gaz quvuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan iste’molchilarga yetkazib beruvchi operator sanaladi.
Matbuot kotibi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilda respublika iste’molchilariga qariyb 40 milliard kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Kuz-qish mavsumi sovuq kelgani bois hukumat topshirig‘i bilan eksport hajmi kamaytirilib, ichki iste’molga yo‘naltirildi.
Joriy yil so‘ngiga qadar ulgurji iste’molchilarning ma’lum bir qismi tabiiy gazni birjalar orqali sotib olishni boshlaydi va bu jarayon bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Ortib borayotgan ichki iste’mol talabini qondirish maqsadida tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yiladi.
Magistral gaz quvurlarida gaz hisobi va nazoratining avtomatlashtirilgan onlayn tizimi (ASKUG) joriy etilgani natijasida gaz qazib oluvchi tashkilotdan olinayotgan hamda iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilayotgan gazning hisobini onlayn yuritish imkoni yaratildi.
Prezident Sh.Mirziyoyevning Parlamentga yo‘llagan murojaatida tabiiy gaz ta’minotidagi monopoliya bekor qilinib, bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etilishi ta’kidlandi. Bunda ishlab chiqaruvchi va importyorlar birja orqali tabiiy gazni sotish, ulgurji iste’molchilar esa gazni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. «O‘ztransgaz» AJ esa faqat gazni transportirovka qiladi. Hozirda ayni jarayonning normativ-huquqiy asoslari ishlab chiqilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekiston Rossiyaga gaz eksportini to‘xtatdi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi

O‘zbekiston qachon tabiiy gaz eksportini to‘xtatadi?

«O‘zbekneftgaz» rahbari gaz uchun «Lukoyl»dan 600 mln dollar qarzdorlik holatiga izoh berdi

AQSH Oʻzbekistonda gaz qazib olishni boshladi

O‘zbekiston tabiiy gaz qazib oluvchi mamlakatlar qatorida nechanchi o‘rinda? (infografika)

Ergash Shoismatov «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi