22:50 / 17.03.2021
2 558

DSQ qanday holda «obnal firma»lar mansabdorlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qildi

DSQ qanday holda «obnal firma»lar mansabdorlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qildi
Foto: DSQ matbuot xizmati
Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda yana 53 ta «obnal firma»ni aniqlagani haqida xabar berilgan edi.

Qo‘mita matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu «shubhali» korxonalar bilan hamkorlik qilgan kompaniyalarning 1733 tasi tomonidan asossiz hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summasi 87,3 milliard so‘mni tashkil etgan va bunga tuzatish kiritiladi. Bu haqda ularning shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarnomalar yuborilgan.

Shuningdek, asossiz hisobga olingan QQS summasi bo‘yicha 1 maygacha qayta hisobot ixtiyoriy topshirilgan taqdirda, mazkur korxonalar mansabdor shaxslari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilmasligi ma’lum qilingan.

«Tahlika-tahlil» avtomatlashtirilgan tizimi natijalariga ko‘ra, «shubhali» korxonalarning ayrim kontragentlarida soliq auditi o‘tkazilishi mumkinligi ham bildirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » DSQ qanday holda «obnal firma»lar mansabdorlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qildi