O‘zbekistonda oltin, mis va volfram zahiralari topildi, deb xabar qildi Geologiya qo‘mitasining Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlash boshqarmasi boshlig‘i Asror Rustamov.
- O‘tgan 2020 yil davomida Qizilqumda katta oltin koni topildi. Chuqurquduq nomli ushbu konda oltin zahiralari 130 tonna deb baholanmoqda. Ushbu oltin konini davlat balansiga oldik.
Shuningdek, Surxondaryodagi qo‘rg‘oshin-rux koni yonida yana bitta kon davlat zahirasiga o‘tkazdik. Bu Chinorsoy polimetall koni deyiladi. U yerda ham oltin va kumush va boshqa kompleks metall zahiralariga ega bo‘lgan kon tasdiqlandi.
Biz hozir yana bir katta mis koni ochilishi arafasida turibmiz. Olmaliqda zahirasi 200 ming tonnaga yaqin bo‘lgan mis koni davlat zahirasiga olindi.
Undan tashqari biz Qashqadaryo va Samarqand chegarasida Sariko‘l degan katta volfram konini davlat zahirasiga o‘tkazdik.
Yuqorida qayd etilgan konlarning ochilishida Respublikada geologiya sohasiga hukumat va prezident tomonidan qaratilayotgan e’tibor o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda, dedi qo‘mita boshlig‘i. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”