11:53 / 14.06.2021
3 139

O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar oshdi


O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 14 iyun kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi, deb xabar bermoqda Spot.

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 580 so‘mga sotib olishni, 10 650 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, may oyida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgan, iyun boshida esa 10 600 so‘mga qadar tushgandi.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
  • «Agrobank» sotib olish — 10 570, sotish — 10 650;
  • Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 580, sotish — 10 640;
  • NBU: sotib olish — 10 580, sotish – 10 650;
  • Orient Finans Bank: sotib olish — 10 550, sotish — 10 650;
  • «Savdogar bank»: sotib olish — 10 550, sotish — 10 650.
Markaziy bank fevral oyi o‘rtalaridan boshlab dollar kursini avvalgidek har hafta emas, har ish kuni e’lon qilib bormoqda. 20 may kuni e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda dollarning qiymati 10 597 so‘mni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistondagi tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar oshdi