3 494
Dunyoning eng mashhur investorlaridan biri bo‘lgan Jim Rojers O‘zbekistonga e’tibor qaratmoqda
Foto: Forbes
Dunyodagi eng mashhur investorlardan biri, Rogers Holdings rahbari Jim Rojers O‘zbekistonga e’tibor qaratmoqda. Bu haqda Forbes’ga tayanib Spot xabar berdi.
«Men yangi O‘zbekiston hamon G‘arbda deyarli noma’lum bo‘lsa-da, uning katta ishqiboziman. Avvallari mamlakatda diktatura edi, ammo yangi hukumat nima qilayotganini biladigan ko‘rinadi. Ular so‘nggi bir necha yilda erishga yutuqlar maqtovga loyiq», — deydi Rojers.
Uning ta’kidlashicha, iqtisodiyot nihoyat ochilgan va xalqaro investorlar bu kabi yangi imkoniyatlardan, albatta, foydalanadi. «Men ularning xususiylashtirish bo‘yicha e’lon qilingan rejalari va IPO’larini diqqat bilan kuzatib boraman», — degan Rojers.
Amerikalik investorga birinchi navbatda energetika, metall va qishloq xo‘jaligi qiziq, biroq O‘zbekistonda u bundan-da ko‘proq ishlarni amalga oshirishga tayyor.
«Ayniqsa, meni ularning turistik potensiali qiziqtiradi. Ularning aviakompaniyasi xususiylashtirilsa, albatta, o‘ylab ko‘raman. Uzbekistan Airways — qiziqarli investitsion keys», — deya ta’kidlagan Rojers.
Shuningdek, u mehmonxonalarga ham qiziqishini bildirgan, chunki O‘zbekiston Xitoyning «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbusida muhim o‘rinni egallaydi.
«U yerda juda jozibador turistik yo‘nalish mavjud. Shunday ekan men qidiryapman», — deydi Rogers Holdings rahbari.
Jim Rojers — dunyodagi eng mashhur investorlardan biri bo‘lib, 1970 yillarda u Jorj Soros bilan birgalikda Quantum Fund fondiga asos solgan. O‘z navbatida fond o‘n yil ichida investorlarga 4200 foiz daromad olib kelgan. Shunga qaramay, Rojers 1980 yilda Uoll-Stritni tark etgan va sayohatlar bilan shug‘ullanishga o‘tgan. 2014 yildan beri Rojers faol ravishda Rossiya aktivlariga sarmoya kiritmoqda — xususan, Moskva birjasi, «FosAgro» va «Aeroflot». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi