11:49 / 18.08.2021
2 045

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aloqalari tez orada qayta tiklanishini kutmoqda

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aloqalari tez orada qayta tiklanishini kutmoqda
Foto: O‘zA
Afg‘onistonda hukumatning almashishi bilan yuzaga kelgan keskin vaziyatga qaramay, Toshkent va Kobul o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqlar tez orada qayta tiklanishi kerak. Bu kabi fikrni «Termiz kargo markazi» logistika terminali direktori Nodirbek Jalilov «TASS» muxbiri bilan subhatda ma’lum qilgan.

«Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi savdo hajmi yaqin haftalar ichida nafaqat qayta tiklanadi, balki ehtimol oshadi», — deydi Jalilov. Uning fikricha, Afg‘oniston bilan savdo aloqalariga ushbu mamlakatdagi korrupsiyaga botgan amaldorlar sezilarli ta’sir ko‘rsatib kelgan.

«Ashraf G‘ani davrida korrupsiya barcha sohalarga kirib bordi, ayniqsa, xalqaro tashuvlarga. Qoidaga ko‘ra, Termiz—Hayraton nazorat-o‘tkazish punktida eksportchi va tranzitchilar barcha boj to‘lovlarini to‘lagan, ammo Afg‘oniston hududi bo‘ylab harakatlanish vaqtida ushbu mablag‘ yana uch—to‘rt barobar undirib olingan», — deya tushuntiradi Jalilov. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon»ning bundan oldingi hokimligi davrida bu kabi korrupsiyaga qattiq chora ko‘rilgan.

Jalilovning aytishicha, avvallari Termiz—Hayraton ko‘prigidagi nazorat-o‘tkazish punkti orqali yiliga 5 million tonnagacha turli yuklar o‘tkazilgan bo‘lib, ularning, taxminan, 70 foizi Afg‘oniston orqali tranzit yo‘l bilan Pokiston portlariga qadar yetkazilgan. O‘zbekiston Afg‘onistonga, asosan, yoqilg‘i-moylash materiallarini yetkazgan bo‘lsa, Afg‘oniston esa O‘zbekiston orqali Yevropaga quruq mevalarini chiqargan.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonning butun hududini o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. 16 avgust kuni Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi aviakompaniyalarga mamlakat havo hududini aylanib o‘tishni tavsiya etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aloqalari tez orada qayta tiklanishini kutmoqda