00:19 / 28.09.2021
2 492

Rossiyadan O‘zbekistonga go‘sht va un yetkazib berish uchun maxsus agropoyezd ishga tushiriladi

Rossiyadan O‘zbekistonga go‘sht va un yetkazib berish uchun maxsus agropoyezd ishga tushiriladi
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Rossiya bilan «Agroekspress» konteynerli tezyurar temir yo‘l poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yish orqali un va go‘sht narxlarini barqarorlashtirishni rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu agropoyezd sinov tariqasida noyabr oyida ishga tushiriladi.

Bu haqda 26 sentabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, UzAgroLogistics Center agrologistika markazi, «RJD Logistika» AJ va «Rossiya eksport markazi» AJ Rossiya—O‘zbekiston logistika koridorini rivojlantirish hamda agrosanoat import va eksport yuklarini «Agroekspress» tezyurar refrijeratorli konteynerli poyezdlarida tashish borasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv 23 iyun kuni imzolangandi.

«Loyihaning to‘laqonli ishga tushirilishi o‘zaro manfaatli marshrutlarni shakllantiradi va rossiyalik eksportchilarni kompleks logistika xizmati hamda Rossiya mahsulotlarini uzilishlarsiz O‘zbekistonga yetkazish kanali bilan ta’minlaydi, bu esa o‘z navbatida ikki mamlakatning yillik tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarini yangi sifat bosqichiga ko‘taradi», — degan edi «Rossiya eksport markazi» bosh direktori Veronika Nikishina.

Maksim Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda loyiha yakuniy bosqichda turibdi. Yuklarni muammosiz va tez o‘tish tartibi, shuningdek, yuk tashuvlari uchun maxsus tarif shartlari ishlab chiqildi. «O‘zbekistondan yangi meva va sabzavotlarni birinchi sinovli yetkazib berishni joriy yilning noyabr oyida amalga oshishini rejalashtiryapmiz, uzluksiz yetkazib berishni esa ‘Agroekspress’ dekabrdan boshlaydi», — degan u.

Rossiya buning natijasida o‘z ichki bozorini sifatli meva va sabzavotlar bilan ta’minlashni ko‘zlamoqda, o‘z navbatida O‘zbekistonga go‘sht, un va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsuloti yuboradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Rossiyadan O‘zbekistonga go‘sht va un yetkazib berish uchun maxsus agropoyezd ishga tushiriladi