Dollar va yevro qimmatlasha boshladi

Dollar va yevro qimmatlasha boshladi
Markaziy bank 30 sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra AQSH dollarining rasmiy kursi 16,30 so‘mga oshib, 10 691,91 so‘mni tashkil etdi. O‘tgan haftada dollar kursida sezilarli miqdorda pasayish kuzatilgandi.

Yevro kursi biroz ko‘tarildi (+4,07) va 12 472,11 so‘m bo‘ldi.

Bir Rossiya rubli +0,06 so‘mga ko‘tarilib, 146,97 so‘mga yetdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar