10:13 / 14.10.2021
1 410

Google va Microsoft Store operatori O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olindi

Google va Microsoft Store operatori O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olindi
Foto: Idea Stream
Google LLC va Microsoft Ireland Operations Limited (Microsoft Store operatori) kompaniyalari O‘zbekistonda QQS to‘lovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.uz» xabar qildi.

Endi xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda 15 foizlik QQSni ham hisobga olish lozim bo‘ladi.

So‘nggi ikki yil ichida mamlakat soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga, shuningdek, AQSH va Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Google Commerce Limited, Google Voice, Google Ireland Limited va Google Cloud EMEA kompaniyalari ham qo‘shildi.

Xsolla, Netflix, Apple, Samsung, Booking.com, Facebook, Spotify, LinkedIn va boshqa xorij kompaniyalari ham QQS ofisi tarkibiga kiradi.

2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksida «Google solig‘i» ko‘zda tutilgan. Oradan bir oy o‘tgach, Davlat soliq qo‘mitasi xorijlik internet kompaniyalari soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari uchun QQS-ofisini ochdi.

«Google solig‘i» boshqa mamlakatlarda ham mavjud. Rossiyada 2016 yildan beri elektron xizmatlarni sotishda QQS to‘lanishini tartibga soluvchi qonun ishlayapti. Soliq internet orqali ko‘rsatiladigan barcha xizmatlardan, jumladan, dasturlar, o‘yinlar, sayt xostinglari, qo‘shiqlar, film va boshqalar sotuvidan undiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Google va Microsoft Store operatori O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olindi