13:23 / 11.11.2021
2 291

Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 770 so‘mga qadar ko‘tarildi

Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 770 so‘mga qadar ko‘tarildi
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 11 noyabr, payshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 710 so‘mga sotib olishni, 10 770 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi eng yuqori ko‘rsatkich. Bundan oldingi rekord qariyb ikki oy oldin — 16 sentabrda o‘rnatilgan edi. O‘shanda 1 AQSH dollarining kursi 10 760 so‘mga chiqqan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

«Agrobank»: sotib olish — 10 710, sotish — 10 770;
Asia Alliance Bank: sotib olish — 10 710, sotish — 10 760;
NBU: sotib olish — 10 710, sotish — 10 770;
Orient Finans Bank: sotib olish — 10 660, sotish — 10 770;
«Savdogar bank»: sotib olish — 10 710, sotish — 10 770.

Markaziy bank 11 noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgilagan. Unga ko‘ra dollarning rasmiy kursi 35,21 so‘mga ko‘tarilib, 10 715,30 so‘mni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 fevraldan boshlab valyuta kursi haftada bir marta emas, har ish kuni e’lon qilinishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 770 so‘mga qadar ko‘tarildi