08:26 / 24.11.2021
2 294

Moliya vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchini ma’lum qildi

Moliya vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchini ma’lum qildi
Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun budjet 2022» loyihasini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan.
Qayd etilishicha, budjet daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchi korxonalar iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Quyidagi kompaniyalar 2022 yilda davlat budjeti tushumlarining 36,4 foizini ta’minlashi kutilmoqda:

1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» — 17,82 foiz;
2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 9,4 foiz;
3. «O‘ztransgaz»— 1,89 foiz;
4. «O‘zbekneftgaz» — 1,7 foiz;
5. Uzbat — 1,5;
6. «Hududgazta’minot» — 1,26 foiz:
7. Uz-Kor Gas Chemical — 0,78 foiz;
8. «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» — 0,76 foiz;
9. UzAuto Motors — 0,73 foiz;
10. «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» — 0,6 foiz.

Spot’ning qayd etishicha, avvalgi yil bilan solishtirganda yirik soliq to‘lovchilarning soliq tushumlaridagi ulushi kamaydi. Taqqoslash uchun, 2020 yilda 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi 2021 yilgi davlat budjeti tushumlarining 47,3 foizini ta’minlashi prognoz qilingan.

Aksariyat kompaniyalar ulushi ham kamaygan. Xususan, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» ulushi 2,28 foizga, «O‘zbekneftgaz»niki uch baravar, UzAuto Motors’niki ikki baravar kamaygan. Yirik soliq to‘lovchi top-10 taligidan «Lukoyl», «O‘zbekenergo», Beeline va Ucell o‘rin olmagan.

Boshqa tomondan, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati», «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» va Uz-Kor Gas Chemical ulushi ortgan. Shuningdek, ro‘yxatda o‘tgan yili hatto eng yirik 20 ta soliq to‘lovchilar qatoridan o‘rin olmagan «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» joy oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchini ma’lum qildi