Xitoyning FHT Future Technology kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 25 gektar maydonda innovatsion texnopark va 350 million dollarlik investitsiya hisobiga 500 gektar maydonda quyosh fotoelektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy kompaniyasi vakillari Li Venjin va Chen Xingyang hamda kompaniyaning O‘zbekistondagi hamkorlaridan iborat investorlar guruhini qabul qilgan. Kompaniya ijrochi direktori Li Venjin yirik investitsion loyiha haqida ma’lumot bergan.
Loyihaga ko‘ra, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini texnoparkda joylashtiriladigan xorijiy korxonalarni ta’minlashga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Texnoparkda zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar, shu jumladan, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari ishlab chiqarish maqsad qilingan. Shuningdek, yuqori sifatli sement ishlab chiqarish loyihasi ham o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, Xayrulla Bozorov loyihaning har bir bandi bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish yuzasidan investor vakillar va viloyat mutasaddilaridan iborat ishchi guruh tuzish taklifini bildirgan. Bundan tashqari, cho‘l zonalardagi qum va toshloq, suvsiz yerlarda loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.
«Hamkorlikda muzokaralarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi