
2021 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 173,8 million dollarga teng bo‘lgan 2,6 million dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, telefon importi 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 million donaga oshgan bo‘lib, O‘zbekiston 15 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 88 million dollar;
Vetnam – 68 million dollar;
Hindiston – 10 million dollar;
Qozog‘iston – 5,3 million dollar;
BAA – 1,6 million dollar;
Germaniya – 647 ming;
Rossiya – 175,8 ming dollar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar