15:30 / 06.01.2022
1 847

O‘simlik yog‘i, go‘sht, un va sovun bojxona bojidan ozod etildi

O‘simlik yog‘i, go‘sht, un va sovun bojxona bojidan ozod etildi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022 yilgi davlat budjeti ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjat 30 dekabr kuni qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

Mazkur qaror ilovasiga muvofiq 2022 yil 31 dekabrga qadar O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlangan:

Skrinshot: «Lex.uz»
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda parlament tomonidan 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgacha bo‘lgan muddatda kungaboqar va soya urug‘lari hamda o‘simlik yog‘i importi, shuningdek o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va ichki bozorda realizatsiya qilish QQSdan ozod etilgandi. Dekabr oyida esa O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari importi va realizatsiyasi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘idan (QQS) berilgan imtiyozlar muddati uzaytirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘simlik yog‘i, go‘sht, un va sovun bojxona bojidan ozod etildi