Yevro va dollar kursi «qulash»da davom etmoqda

Yevro va dollar kursi «qulash»da davom etmoqda
Markaziy bank 18 yanvardan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra AQSH dollarining rasmiy kursi -15,00 so‘mga tushib, 10 824,97 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham pasaydi (-53,99) va 12 366,45 so‘m bo‘ldi.

Bir Rossiya rubli -2,97 so‘mga pasayib, 141,58 so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxiridan boshlab dollar va yevro pasayishni boshlagandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar