Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning 4 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha qarorlarni imzoladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1096,6 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan, 2023 yilning dekabr oyiga qadar Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 456,6 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2023 yil oktabr oyiga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2023 yil oktabr oyiga qadar Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
2023 yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyatining Nurota tumanida Niderlandiyaning Phanes Energy Holding III B.V. kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi