17:26 / 03.03.2022
2 025

Markaziy bank rubl ayirboshlash boʻyicha axborot berdi

Markaziy bank rubl ayirboshlash boʻyicha axborot berdi
Rossiya rubli ayirboshlash kursi keskin tebranayotgan hamda birja va birjadan tashqari kurslar oʻrtasida sezilarli tafovutlar yuzaga kelayotgan paytda Rossiyadagi fuqarolarimizning oʻz mablagʻlarini erkin valyutaga almashtirish jarayonida yoʻqotishlariga olib kelmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan:
  • barcha tijorat banklariga rossiya rublidagi pul oʻtkazmalari boʻyicha ayirboshlash operatsiyalarini uzluksiz amalga oshirish hamda valyuta kursini belgilashda sotib olish va sotish kurslari oʻrtasidagi farqni maqbul darajada saqlab turish;
  • banklarning valyuta xavf-xatarlarini minimallashtirish maqsadida rossiya rublini sotish va sotib olish kurslarini joriy xalqaro kotirovkalarga asosan kun davomida oʻzgartirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Amalga oshirilayotgan choralar Rossiya Federatsiyasidagi Oʻzbekiston fuqarolariga pul mablagʻlarini rossiya rublida yuborish va respublika hududida ushbu mablagʻlarni ixtiyoriy valyutada qabul qilib olish imkonini beradi.

Markaziy bank axborotida mavjud vaziyatni doimiy kuzatib bormoqda va zarur hollarda aholi manfaatlarini hamda milliy valyuta va bank tizimi barqarorligini ta'minlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrib borilishi ta'kidlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot