O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikovni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Maksim Reshetnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan samimiy tabrikladi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini kengaytirish bo‘yicha oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Sanoat kooperatsiyasiga doir aniq loyihalarni ilgari surish va o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga ortib, rekord daraja – 7,5 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning birinchi oylarida savdo ko‘rsatkichlari 50 foizdan ziyodga oshdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 2 mingdan ortiq qo‘shma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, Rossiyadan iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda.
Uchrashuvda ikki mamlakat hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi