1 087
O‘zbekiston Qozog‘istondan 100 ming tonna bug‘doy va un sotib olishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab «Oziq-ovqat xavfsizligi va ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori kuchga kirdi.
Unda dunyo bozorlarida yuzaga kelgan keskin tebranishlarning ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sirini kamaytirish, ichki bozorni bug‘doy, un va o‘simlik yog‘i mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli ta’minlash maqsadida bir necha choralar belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, 2022 yil aprel—iyul oylarida Qozog‘istondan 100 ming tonna 3-sinf bug‘doyi (bir qismi un) maqbul narxlarda import qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib yana 500 ming tonna bug‘doyni import qilish zarurati yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritadi.
2022 yil 1 apreldan boshlab yil yakuniga qadar import qilinadigan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘ini temir yo‘llar orqali tashishda 50 foizli imtiyozli tariflar qo‘llaniladi. Yuklarni vagonlardan tushirib olish muddati bo‘yicha qo‘llaniladigan tariflar (prostoy) miqdorini barcha turdagi bug‘doy importyorlariga dastlabki uch kun uchun 40 foizga pasaytiriladi.
Import qilingan bug‘doy (un) va o‘simlik yog‘i birja savdolari orqali sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasiga ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash topshirig‘ini bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi