1 839
Shahrisabz va Qamashi tumanlaridagi tog‘oldi va tog‘li turizm uchun budjetdan 100 milliard so‘m ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qarshi shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi «Daryo».
Prezident 2022 yili viloyatga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 800 milliard so‘m kredit resurslari ajratilganini ta’kidladi. Uning aytishicha, 23 mingta kichik loyihalar amalga oshirilib, 30 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
«2022 yilda Bandlikka ko‘maklashish va jamoat ishlari, ‘temir’, ‘ayollar’ va yoshlar’ daftarlari jamg‘armalari hisobidan, jami 160 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Viloyatda 11 ming nafar fuqarolarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish maqsadida Turkiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa xorijiy davlatlardan 21 nafar malakali mutaxassis jalb qilindi. Ushbu maqsadlarga qo‘shimcha 2-3 million dollar ajratiladi», — deydi davlat rahbari.
Shuningdek, respublika budjeti hisobidan sharoiti eng og‘ir mahallalarda infratuzilma va sug‘orish tizimlarini yaxshilashga 42 milliard so‘m ajratiladi. Shahrisabz va Qamashi tumanlaridagi tog‘oldi va tog‘li turizm hududlarining infratuzilmasini yaxshilash maqsadida budjetdan 100 milliard so‘m ajratiladi. Lider tadbirkorlarni jalb qilib, aholi bilan kooperatsiya tashkil etishga 42 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Mas’ullarga hokim yordamchilari bilan birga, dehqonchilik va bog‘dorchilikka ixtisoslashgan 251 ta mahallani lider tadbirkorlar orqali rivojlantirish choralarini ko‘rishi kerakligi topshirildi.
Bundan tashqari, dehqonlarni ekishga tayyorgarlik ko‘rishi, urug‘, ko‘chat, o‘g‘it sotib olish va boshqa xarajatlar uchun ikkinchi chorakda viloyatga qo‘shimcha 33 milliard so‘m yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot