Qashqadaryoda 17 yoshli haydovchi yigit o‘ynab yurgan 3 yoshli bolakayni urib yubordi (video)

Qashqadaryoda 17 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Chery avtomobili 3 yoshli bolani urib yubordi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 30 iyun kuni Qamashi tumanida yuz bergan. 17 yoshli haydovchi avtomobilni joyidan harakatga keltirayotgan paytda yo‘l chetida turgan 3 yoshli bolani ehtiyotsizlik sabab bosib ketgan.
Hodisa oqibatida bola jarohatlangan. Unga voqea joyining o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozircha bolaning sog‘lig‘i va jarohatlarining darajasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Hodisa yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Chery avtomobili esa vaqtincha jarima maydoniga joylashtirilgan.
Sizningcha, bunday hodisaga yo‘l qo‘ymaslik uchun haydovchilar nimalarga ko‘proq e’tibor berishi kerak? Xabarni boshqalarga ham ulashing.































Izohlar 0
…