12:50 / 28.04.2022
981

Samarqandda maktab balansidagi yerni sotib, puliga Gentra olgan soxta organ xodimi ushlandi

Samarqandda maktab balansidagi yerni sotib, puliga Gentra olgan soxta organ xodimi ushlandi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida maktabga qarashli yer maydonini sotgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.S. fuqaro A.ga o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi sifatida tanishtirib, unga tumandagi 14-sonli maktab balansida bo‘lgan yer maydonining 3 sotixini tanishlari yordamida olib berishini aytgani aniqlangan. U xizmati evaziga 10 400 dollarni qo‘lga kiritib, pulga Gentra avtotransport vositasini sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadini legallashtirgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Tekshiruv davomida M.S. o‘z aybiga iqror bo‘lib, 500 dollar va 13,6 million so‘mni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda maktab balansidagi yerni sotib, puliga Gentra olgan soxta organ xodimi ushlandi