Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi «Yangi O‘zbekiston» massivining qurilish maydonida bo‘ldi.
300 gektarli ushbu massivda 298 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 80 tasi bu yil tadbirkorlar tomonidan barpo etiladi.
Shuningdek, ikkita umumta’lim maktabi, uchta maktabgacha ta’lim tashkiloti, tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi va masjid quriladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Massiv o‘rtasidagi 70 gektar maydonda «Yangi O‘zbekiston bog‘i» va sun’iy ko‘l tashkil etiladi. Hozirdanoq 10 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan. Jami 21 ming tup ekilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Farg‘ona tumanining «Yangi asr», Yozyovon tumanining «Yuqori soybo‘yi» mahallalarida ham «Yangi O‘zbekiston» massivlarini barpo etiladi.
Joriy yilda Farg‘ona viloyatida jami 9 ming 429 kvartirali 244 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga toshiriladi.
Davlatimiz rahbari hududga kommunikatsiya tarmoqlari tortish, uylarga zamonaviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Prezident Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi