Davronbek Maxsudov. Foto: Xabar.uz
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov 16 mingdan ziyod inson «qora ro‘yxat»dan chiqarilganini ma’lum qildi. Maxsudov bu haqda Toshkent shahrida o‘tayotgan «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumidagi nutqida aytib o‘tdi.
«Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbus asosida 2018 yili BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyaning amaliy ifodasi mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohtlarda yaqqol ifodasini topmoqda. Xususan, turli g‘arazli kuchlar ta’sirida diniy-ekstremizm faoliyatiga adashib kirib qolgan 16 mingdan ziyod inson huquqni muhofaza qilish organlari «qora ro‘yxati»dan chiqarildi», — degan Davronbek Maxsudov.
Shuningdek, rais o‘rinbosari bugungi kungacha o‘tkazilgan «Mehr» operatsiyalari doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistonda og‘ir ahvolga tushib, chorasiz qolgan 500 nafardan ziyod ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelinishi, konfessiyalararo totuvlikni ta’minlash borasida qonunchiligimizdagi yangiliklarga ham to‘xtalib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi