Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, 2022 yil 27 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasi Samarqand ko‘chasida yashagan 1991 yilda tug‘ilgan G.I. o‘zining yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.
Aniqlanishicha, G.I. Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan O.X. bilan 2019 yilda qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelishgan.
Qayd etilishicha, turmushlari davomida 2 nafar 2019 va 2021 yilda tug‘ilgan farzandi bor.
Marhumaning o‘z joniga qasd qilganligi holati bo‘yicha o‘lim sababini aniqlash maqsadida uning murdasi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda, holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin