Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati
Viloyat markazidan qariyb 150 kilometr olisda, Qizilqum cho‘lida bunyod etilayotgan maskanda sayyohlar ot, tuya hamda kvadrotsiklda sayr qilish imkoniga ham ega bo‘lishadi.
Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Konimex tumanining Yangig‘azg‘on ovuli hududida qurilayotgan mazkur loyiha bilan tanishgan. Viloyat rahbari qurilish ishlarining borishi va majmuada dam oluvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati
Ta’kidlanishicha, bu yerda sayyohlar uchun an’anaviy va noan’anaviy bo‘lgan 10 ga yaqin xizmat turlari yo‘lga qo‘yiladi. Ot, tuyada hamda kvadrotsiklda sayr qilish, tuz va tuya suti bilan davolash, yulduzlarni kuzatish xizmatlari shular jumlasidandir.
Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati
Ushbu maskan loyiha quvvatiga ko‘ra kuniga 250 nafarga yaqin dam oluvchiga xizmat ko‘rsatadi. Majmua ishga tushgach turizm xizmati eksporti yiliga 800 ming dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...