
Bugun Toshkent viloyati, Zangiota tumanida chiqindi suvlar oqib ketishi uchun mo‘ljallangan quduqdagi nosozlikni bartaraf etish uchun tushgan fuqaro chiqa olmagan. Bu haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan vaqtda quduq ichiga tushgan 46 yoshli fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotganligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkorlik bilan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida uni quduqdan olib chiqib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan va hayotini saqlab qolganlar.
Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam orqali davolash muassasasiga yuborilgan. Ayni vaqtda fuqaro shifokorlar nazoratida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 