Jonatan Henik
AQSH senati qo‘mitasi Amerikaning O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini tasdiqladi. May oyida AQSH prezidenti Jo Bayden AQSHning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga Jonatan Henik nomzodini ilgari surgandi.
Jonatan Henik — AQSH diplomatik xizmati maslahatchi-elchi maqomiga ega yuqori lavozimli amaldor hisoblanadi. O‘tgan yildan beri u Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Axborot va kibermakon kollejida AQSH Davlat departamenti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilgari Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari byurosida Davlat kotibi yordamchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Janubiy va Markaziy Osiyoda jamoatchilik diplomatiyasi va OAV bilan aloqalar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan.
Nyu-Yorkda tug‘ilgan Jonatan Henik rus, portugal, turk va ozarboyjon tillarini biladi. U Havayi universitetida siyosat fanlari nomzodi, Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha magistr va shu universitet Kolumbiya kolleji bakalavri darajasiga ega.
AQSHning O‘zbekistondagi amaldagi elchisi Deniyel Rozenblyum bo‘lib, u 2019 yilning may oyida ushbu lavozimda qasamyod qilgandi.
Deniyel Rozenblyum endi Qozog‘istonda o‘z faoliyatini davom ettiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?