Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 29 iyul kuni Ishtixon tumani IIB tomonidan, tumanning Barlos mahallasidagi xonadonlardan birida yashovchi ota va uning o‘g‘li 4,5 sotix yerda kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlayotgani aniqlangan.
Kannabis o‘simligini yo‘q qilish jarayonida IIB xodimlari tomonidan sanoqdan o‘tkazilganda ularning soni 724 tup ekani va o‘simliklarning balandligi 80 santimetrdan 3 metrgacha yetgani aniqlangan.
Surishtiruvlar davomida fuqaro giyohvand o‘simliklar yetishtirishni 2021 yilda boshlaganini, marixuanani qaynog‘asiga yetishtirib berganini va buning uchun xizmat haqi olganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi fuqarolarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»