O‘zbekistonda P2P-platformalari orqali onlayn qimorga to‘lov qilib berayotganlarning javobgarligi kuchaytiriladi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, onlayn qimorga qiziqishni bildirayotgan aksariyat aholi bu o‘smirlar va yoshlar bo‘lib, tez va mo‘may daromad olish maqsadi ularni onlayn qimor — totalizatorlar va xorijiy sport o‘yinlariga mukkasidan ketishga olib kelmoqda.
«Qimor o‘yini strukturasi shunchalik mug‘ombirona ishlab chiqilganki, uni tushunmasdan, tezda boyib ketmoqchi bo‘lgan fuqarolar asosan katta miqdorda qarzga botmoqda. Oxir-oqibat esa muammodan qutulish uchun o‘z joniga qasd qilib, oila a’zolarini dog‘da qoldirib ketmoqda. Afsuski, onlayn qimordan boshlangan muammoni marhumning yaqinlari hal qilishga majbur bo‘lmoqda», — deyiladi xabarda.
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti xodimlari o‘rganishlar davomida quyidagi takliflarni taqdim etgan:
ayni vaqtda keng tarqalgan qimorga qiziqtiruvchi firibgarliklardan xabardor qilishga yo‘naltirilgan faol targ‘ibotni amalga oshirish;
mazkur o‘yinlar reklamasi uchun javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish va belgilanadigan jarimalarni oshirish;
P2P-platformalari orqali noqonuniy onlayn-totalizatorlarga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratayotgan shaxslarga javobgarlikni kuchaytirish;
mazkur holatda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning har qanday turlarini taqiqlash pozitsiyasida qolish, sport sohasini rivojlantirishda bukmeykerlik faoliyatiga yo‘l qo‘yilmasligi talabini qat’iy belgilash lozim bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi