AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum Mustaqillik kuni munosabati bilan xalqimizni tabrikladi. Mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan diplomat an’anaga sodiq qolib oxirgi tabrigini ham o‘zbek tilida yo‘lladi.
«So‘nggi uch yil ichida go‘zal yurtingizni kezib, ko‘plab odamlar bilan hamsuhbat bo‘ldim. Cizning boy madaniyatingiz va an’analaringiz haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. Ular qaysidir ma’noda biznikidan farq qiladi. Ammo men biz uchun umumiy bo‘lgan boshqa ko‘p jihatlarni ham kashf qildim. Ana shunday jihatlardan biri bu mustaqillik va suverenitetni ardoqlashimizda ko‘rinadi. Bu – amerikaliklar uchun ham, o‘zbekistonliklar uchun ham birdek qadrlidir. Har bir xalq uchun ozod va xavfsiz bo‘lishdan muhimroq narsa yo‘q», – deydi AQSH elchisi.
Diplomat ikki mamlakatning yanada tinch va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi hamkorligi bardavom bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Avval xabar berganimizdek, D.Rozenblyum AQSH mustaqilligining 246 yilligi munosabati bilan Toshkentda tashkil etilgan marosimdagi nutqida ham suverenitetni asrash hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidlagan edi.
«O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash AQSHning 1991 yildan buyon O‘zbekistonga nisbatan olib borayotgan siyosatining asosini tashkil etadi», – deb ta’kidlagan edi u.
Yurtimizda 2019 yildan buyon AQSH diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan D.Rozenblyum o‘rnini yaqin fursatda Jonatan Henik egallashi kutilmoqda.
D.Rozenblyum esa faoliyatini AQSHning Qozog‘istondagi elchisi lavozimida davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, D.Rozenblyum kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
31 avgust kuni esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQSH elchisini qabul qildi va unga minnatdorlik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?