date
views 1 060

Toshkentda yana bir haydovchi pnevmatik to‘pponcha olib yurgani aniqlandi

Toshkentda yana bir haydovchi pnevmatik to‘pponcha olib yurgani aniqlandi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati
Toshkentning Yakkasaroy tumanida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan mashina salonidan qurol topildi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 30 avgust kuni soat 23:30 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan A.S. (1994 yilda tug‘ilgan ) boshqaruvidagi Lacetti to‘xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.S. va qurol Yakkasaroy tumani IIO FMBga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Toshkentda Nexia-3 salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yana bir haydovchi pnevmatik to‘pponcha olib yurgani aniqlandi