
GFCI Xalqaro moliya markazlari global indeksi Toshkentga «Uyushgan xalqaro moliya markazi» maqomini berdi. Bu haqda Strategik islohotlar agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Strategik islohotlar agentligi axborot xizmati
GFCI reytingi xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi:
- moliya bozori;
- biznes-muhit;
- inson kapitali, infratuzilma;
- obro‘.
Reyting tuzuvchi tashkilotning moliyaviy-investitsion hamjamiyati – Z/Yen Group 30 ming nafar moliya sektori vakillarini, dunyoning 138 ta mamlakatidan 5 mingta xalqaro korporatsiyani o‘z ichiga oladi.
Respublika poytaxtining indeksga kiritilishi xalqaro investorlar va biznes vakillari tomonidan investitsion qarorlarni qabul qilishda O‘zbekistonni kapital kiritish uchun yurisdiksiya sifatida tanlashda rag‘batlantiradi.
ToshkentXalqaro Moliya MarkaziGFCI ReytingiInvestitsion QarorlarBiznes MuhitiInson Kapitali O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar