13:00 / 17.10.2022
1 294

Qashqadaryoda IIB xodimi Nexia-3 bilan YTH sodir etdi

Qashqadaryoda IIB xodimi Nexia-3 bilan YTH sodir etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda G‘uzor tumani IIB tergov bo‘limi boshlig‘i mast holda mashina boshqarib yo‘l-transport hodisasi sodir etgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 16 oktabr kuni soat 21:15 larda haydovchi R.O‘. Damas mashinasi bilan A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov avtomobil yo‘lida G‘uzor-Qarshi yo‘nalishining 9-kilometriga kelib, orqaga qayrilib olish belgilanmagan joydan avtomobili bilan to‘satdan orqaga qayrilgan.

Shu paytda G‘uzor tumani IIB xodimi X.B. xizmatdan tashqari, hushyor holatda Nexia-3 mashinasi bilan harakatlanib kelib, o‘zidan oldinda ketayotgan Damas mashinasining orqa tomonidan urib yuborgan.

Shundan so‘ng Damas haydovchisi R.O‘. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan haydovchi Yo.Q. boshqaruvida bo‘lgan Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Damas salonida yo‘lovchi sifatida ketayotgan G‘uzor tumani “Avg‘onbog‘” MFYda yashovchi fuqaro T.S. shifoxonaga olib borilib, statsionar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat