
Samarqand viloyatining Urgut tumanida maktab direktori o‘quvchining qulog‘iga urgan. Oqibatda o‘quvchining quloq pardasi yirtilgan. Bu haqda «Bu kun» dasturida ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, Urgut tumanidagi maktablarning birida o‘quvchilar o‘tirgan sinfxonada bolalar tomonidan paqildoq portlatilgan. Shundan so‘ng, maktab direktori kelib o‘quvchilardan birining qulog‘iga shapaloq tushirgan.
«Mendan ayb o‘tmagan. Paqildoq portlagandan keyin direktor kelib, meni qulog‘imga shapaloq tushirdi. O‘shanda qulog‘im shing‘illab qoldi. Baqirgan edim direktor shantaj qilma deb meni urib tashladi», deydi jabrlangan o‘quvchi.
Jarohatlangan o‘quvchi shifoxonaga olib borilgan. Shifokorning ta’kidlashicha, o‘quvchining quloq pardasi yirtilgan, quloqda qon qoldiqlari bor. Shuningdek, o‘sha kuni sinfda bo‘lgan bolalar paqildoq maktab oshxonasidan sotib olinganini aytgan.
Jabrlangan bolaning otasi esa Ichki ishlar xodimlari holat bo‘yicha, hatto ariza ham olmaganini aytib, shikoyat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maktab DirektoriO‘quvchini UrishQuloq PardasiUrgut TumaniJabrlangan O‘quvchiShikoyat Qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar