11:43 / 29.10.2022
2 448

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga olib kelayotgan kasallik turi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga olib kelayotgan kasallik turi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda qayd etilgan o‘limning asosiy qismi qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekistonda qayd etilgan o‘lim holatining 56,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan kasalliklar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
  • qon aylanish tizimi kasalliklari – 74 109 ta;
  • nafas olish a’zolari kasalliklari – 12 805 ta;
  • o‘simtalardan – 10 535 ta;
  • baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan – 7 260 ta;
  • ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari – 5 264 ta;
  • yuqumli va parazit kasalliklari – 1 976 ta;
  • boshqa kasalliklardan – 18 417 ta.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat