
Buxoro viloyati Olot tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Olot tumanidagi 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori fuqaro Sh.P.ni bir shtat birligida o‘t yoquvchi vazifasiga ishga qabul qilishi evaziga undan 1 million 200 ming so‘m miqdorida pul talab qilgan.
Buncha miqdordagi pulni pora sifatida berishga sharoiti bo‘lmagan Sh.P. holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Viloyat huquq-tartibot organlarining hamkorlikdagi harakati natijasida ta’lim tashkiloti direktorining maqsadi amalga oshmagan.
Joriy yilning 18 oktabr kuni taxminan soat 13:30larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda direktor o‘zining xizmat xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar