date
views 1 713

Oila qayta tiklandi, endi 3 nafar farzandning bag‘ri butun

Oila qayta tiklandi, endi 3 nafar farzandning bag‘ri butun
Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilarining sa’y-harakatlari natijasida G‘uzor tumanida 3 nafar farzandli oila qayta tiklandi.

Byuroning G‘uzor tuman bo‘limiga Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining 2022 yil 6 iyuldagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor A.M.dan undiruvchi B.X. foydasiga 2018, 2020, 2021 yillarda tug‘ilgan uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oy jami daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.

Aliment to‘lovlari oyma-oy to‘lab kelingan bo‘lsada, davlat ijrochilari tomonidan er-xotin o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazildi, oiladagi nizolarning farzand tarbiyasiga va kelajagiga ta’siri, ular uchun namunali ota-ona va oila bo‘lish naqadar muhim ekanligi hayotiy misollar orqali tushuntirilgach, taraflar o‘zaro yarashishga qaror qilishdi.

Shu kuni, 3 nafar oila qayta tiklanib, farzandlar qalbiga quvonch qaytdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila qayta tiklandi, endi 3 nafar farzandning bag‘ri butun