3 974
Surxondaryoda o‘qituvchi voyaga etmagan qiz bilan sodir etgan uyatsiz videoni tarqatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 oktabr kuni Boysun tumani «Dubay» mahallasida yashovchi (joy nomi va shaxslarning ismi sharifi o‘zgartirilgan) fuqaro Akramov Nurali Boysun tuman IIBga yo‘llagan arizasi yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilgan.
Tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, 2022 yil 25 sentyabr kuni soat 22lar chamasida tumanning «Dubay» mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan, tumandagi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi shaxs shu mahallada yashovchi voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan (17 yosh) qiz bilan mahalla hududidagi bog‘da uchrashib, voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz, buzuq, g‘ayri-ijtimoiy harakatlar qilib, ushbu holatni o‘ziga tegishli uyali telefon apparatiga videotasvirga olib, vedeotasvirni oradan 3 kun o‘tib, mahalla fuqarolarining «Dubay» nomli telegramm guruhiga tarqatgan.
«Bu orqali voyaga yetmagan qizning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish orqali qasddan tahqirlab, haqorat qilganligi aniqlangan», deyiladi ma’lumotda.
Qo‘shimcha qilinishicha, sudga oid tibbiy-ekspertiza tekshiruvi bo‘yicha, voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘rlik ishlatib, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish alomatlari aniqlanmagan.
Mazkur holat yuzasidan 10.11.2022 yilda Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaroning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi (Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan internet jahon axborot tarmog‘iga joylashtirish orqali qasddan tahqirlab, haqorat qilish)da nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar