
Foto: Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
«Samarqandtumangaz» bo‘limi SUG xizmati moddiy javobgar shaxslari 221 mln so‘mlik suyultirilgan gazni sotishidan tushgan mablag‘larni kirim qilmasdan, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan terovga qadar tekshiruvda, «Urguttumangaz»ning suyultirilgan gaz xizmati boshlig‘i U.B. va boshqalar 115,9 mln so‘mlik suyultirilgan gazni sotishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
SamarqandUrgutGaz Bo‘limiTergov HarakatlariJinoyat KodeksiO‘zlashtirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar