895
Shavkat Mirziyoyev: «Tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazamiz»
Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llamoqda. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Davlat rahbari tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o‘tkazilishini ta’kidladi.
»Endi, tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo‘ya olmaydi. Axir, biz xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish bo‘yicha ozmuncha harakat qilayapmiz-mi? Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo‘ladi», — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev tergov sifatini oshirish bo‘yicha ham tizimli choralar ko‘rilishini aytdi.
«Tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlashi kerak. Shu bilan birga, sudda ishlarni ko‘rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o‘qitiladi, ishni sudda ko‘rishda xolis, mustaqil bo‘lishi qonun bilan belgilanadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko‘rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar berilishini ta’kidladi.
»Nima uchun, advokatga jinoyat ishi qo‘zg‘atish va tugatish haqidagi qarordan nusxa berilmaydi? Bunday holatd́a tenglik haqida qanday gapirish mumkin? Endi, sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi. Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo‘yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o‘rganiladigan tizim joriy qilinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident, shuningdek, oxirgi paytlarda ayrim ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo‘yicha og‘riqli masalalar ko‘tarilayotgani haqida gapirdi.
"Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo‘lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi. Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o‘rnatiladi. Hech kimning unutishga haqqi yo‘q – Qonun talablari va inson huquqlari – biz uchun oliy qadriyat!», — dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
iPhone'ning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda
Yaponiyalik keksalar o‘qiydi, muloqot qiladi, televizor ko‘rmaydi yoxud uzoq umr ko‘rish yana nimalarga bog‘liq?
Rossiya prezidentining "Valday"dagi nutqidan asosiy fikrlar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Tramp g‘alaba nutqida amerikalik yahudiylarni tilga olmadi
Kiselyov: Putinni tushunsak, dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tushunamiz
WSJ Trampning Ukraina borasidagi rejalarini oshkor etdi
Tramp Putin bilan gaplashishga tayyorligini aytdi